Yordam markazi

Ko'p beriladigan savollar. Javob topmasangiz — qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.

HammasiXaridorlarBlogerlarBrendlar
Zebo o'zi mahsulot sotadimi?

Yo'q. Zebo blogerlar tavsiya qilgan mahsulotlarni ko'rsatadi. Mahsulotni bosganingizda brendning rasmiy saytiga o'tasiz va xaridni o'sha yerda qilasiz. To'lov, yetkazib berish va qaytarish brend tomonidan amalga oshiriladi.

Zebo orqali olsam narx qimmatroq bo'ladimi?

Yo'q, narx siz uchun o'zgarmaydi. Komissiyani brend o'zi to'laydi.

Ro'yxatdan o'tishim kerakmi?

Shart emas. Sevimlilar va obunalaringiz telefoningizda saqlanadi. Zebo'ni telefoningizga ilova qilib o'rnatishingiz ham mumkin — menyuda "Ilovani o'rnatish".

Buyurtmam bilan muammo bo'lsa nima qilaman?

Buyurtma, to'lov va yetkazib berish bo'yicha mahsulotni sotgan brendga murojaat qiling. Hal bo'lmasa — Zebo qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing, yordam beramiz.

Qanday qilib Zebo blogeri bo'laman?

"Blogerlar uchun" sahifasida 3 qadamli arizani to'ldiring. 1–3 ish kunida ko'rib chiqamiz va tasdiqlansa kabinet havolasini Telegram orqali yuboramiz.

Qancha va qachon pul olaman?

Har bir sotuvdan brend belgilagan komissiyaning katta qismini olasiz. Kabinetingizda har bir bosish va sotuv ko'rinadi. To'lovlar oyiga bir marta, brend to'lagan sotuvlar bo'yicha amalga oshiriladi.

Kabinetga qanday kiraman?

Birinchi marta yuborilgan havola orqali kirasiz va "Profil" bo'limida telefon raqam hamda parol o'rnatasiz. Keyin zeboshop.uz/kirish orqali kirasiz.

Parolni unutdim

Qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — yangi havola beramiz, u orqali yangi parol o'rnatasiz.

Brend sifatida qanday qo'shilaman?

"Brendlar uchun" sahifasida ariza qoldiring. Hozircha sayti bor brendlar bilan ishlaymiz: saytingizga kichik kod qo'yiladi va Zebo orqali kelgan sotuvlar avtomatik hisoblanadi.

Qancha to'layman?

Faqat Zebo orqali bo'lgan sotuvdan kelishilgan foiz. Oldindan to'lov yoki oylik obuna yo'q.

Mahsulot qaytarilsa-chi?

Qaytarish muddati ichida qo'llab-quvvatlash xizmatiga buyurtma raqami va dalil (qaytarish cheki) bilan yozing. Tekshirgach, Zebo sotuvni bekor qiladi va komissiya hisoblanmaydi.

Javob topmadingizmi?Qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing — buyurtma yoki sotuv raqamini ham yuboring.
Aloqa sahifasi →